Men haqimda
Men vizual yechimlar yaratishni yaxshi ko‘radigan grafik dizaynerman. 3+ yillik tajribam davomida turli loyihalar ustida ishlab, dizaynning nafaqat ko‘rinish, balki ta’sir kuchi ham muhimligini angladim.
Hozirda mikrofinans sohasida dizayner sifatida ishlayman. Bundan tashqari, Blender’da 3D modellar yarataman va digital marketplace’larda o‘z ishlarimni taqdim etaman. Bu menga ham kreativ, ham texnik tomonlama o‘sishga yordam beradi.
Men uchun dizayn — bu shunchaki bezak emas, balki fikrni aniq yetkazish, brendni kuchaytirish va auditoriyada hissiyot uyg‘otish vositasi. Uzoq muddatli maqsadim esa game industry’da ishlash va katta loyihalarda o‘z izimni qoldirish.
Back to Top